Gulnora Marufova Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlanganligi haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 iyuldagi qaroriga asosan Marufova Gulnora Mahmudovna Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Gulnora Marufova 1956 yil 26 aprelda Fargʻona viloyatida tugʻilgan.
2004 yildan 2020 yilning fevral oyiga qadar Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 2020 yilning fevral oyidan shu vaqtga qadar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi lavozimda ishlab kelgan.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Elmira Bositxonova Sogʻliqni saqlash vazirligiga vazir oʻrinbosari vazifasiga qaytdi.