Gulnora Marufova Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi

0
349
views

Gulnora Marufova Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlanganligi haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 iyuldagi qaroriga asosan Marufova Gulnora Mahmudovna Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Gulnora Marufova 1956 yil 26 aprelda Fargʻona viloyatida tugʻilgan.

2004 yildan 2020 yilning fevral oyiga qadar Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 2020 yilning fevral oyidan shu vaqtga qadar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi lavozimda ishlab kelgan.

 Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Elmira Bositxonova Sogʻliqni saqlash vazirligiga vazir oʻrinbosari vazifasiga qaytdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here