Gurlan tumanidagi Guliston qishlogʻi “Navroʻz” mahallasida yangi Madaniyat markazi ish boshladi

0
754
marta koʻrilgan.

Qishloq Xorazm viloyatining eng chekka hududi boʻlsada, obodligi bilan koʻzni quvontiradi. Kecha farovon mahallada qishloq koʻrkiga koʻrk qoʻshayotgan yana bir zamonaviy madaniy maskan ish boshladi.

Madaniyat markazida mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida uch mingga yaqin kitobga ega kutubxona tashkil qilindi. “Kelajakda viloyatda chop etilayotgan kitoblarning taqdimotlarini oʻtkazib, bilim maskanining kitoblarini koʻpaytirishga harakat qilamiz. Yozuvchi, shoirlarimizni taklif etamiz, tadbirlar oʻtkazamiz” –dedi Xorazm viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Dilbar Bekchanova.

Shuningdek, bolalarning moʻyqalamga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirish va yosh iqtidor egalarini qoʻllab- quvvatlash maqsadida yosh musavvirlar toʻgaragi oʻz xizmatini boshladi.

Bu yerda tashkil qilingan tikuvchilik sexida qishloqning yigirma nafar ayoli ish bilan taʼminlandi. “Hozircha bu yerda yigirmata tikuv mashinasi mavjud.  Kelajakda ularni koʻpaytirib, sexni kengaytirish niyatimiz bor. Qishloq ayollariga tadbirkorlik yoʻnalishida kredit olib berish harakatidamiz”– dedi Xorazm viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyat hokimi oʻrinbosari Gulsara Qurbonboyeva.

Markazda yoshlarga zamonaviy texnologiyadan foydalanish imkoniyati yaratildi. Oʻndan ortiq kompyuterlarga bolalarning intellektual salohiyatini yuksaltirish uchun turli  dasturlari joriy qilindi. Raqs va gimnastika toʻgaragi faoliyat yuritishi uchun barcha imkoniyat, shart-sharoitlar yaratildi.

Qishloqning ushbu muhtasham  markazida yoshlarning maʼnaviy — maʼrifiy madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan besh yoʻnalishi boʻyicha barcha imkoniyatlar, shart-sharoilar muhayyo.

Raʼno ZARIPOVA

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.