Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg va Sortaval shahrida “Korporativ kutubxonalar: texnologiyalar va innovatsiyalar” mavzusida XXI Umumrossiya ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Oflayn va onlayn tartibida oʻtkazilgan ushbu anjumanda 500 nafardan ortiq soha vakillari ishtirok etdilar.
Jumladan, 232 nafari oflayn, 300 nafari onlayn oʻzlarining qiziqarli va mazmunli maʼruzalari bilan faol ishtiroki barchani yangi loyixalar, innovatsiyalar bilan yaqindan tanishtirish imkonini berdi. Ayniqsa, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Italiya Belorus davlatlaridan kelgan mutaxassislarning oʻz taqdimotlari bilan chiqishi qizgʻin munozara, fikr almashish, savol va javoblarga sabab boʻldi.
Anjumanning dasturida belgilangan mavzular Buyuk Pyotr nomidagi Sank-Peterburg Politexnika universitetida oʻtkazilishi, u yerda kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar, keng va shinam oʻquv zallari, boy kitob fondiga ega boʻlgan noyob jamgʻarmalari va ilmiy-anjuman doirasida tashkil etilgan koʻrgazmalar bilan tanishishga qulay imkoniyat yaratdi.
Tashkil etilgan seksiyalarda korporativ faoliyatning boshqa soxalar bilan oʻzaro taʼsiri, bogʻliqligi hamda axborot-kutubxonalar uchun samarali boshqaruvni tashkil etish, kitobxonlar uchun milliy obunani yanada rivojlantirish orqali fan, taʼlim va madaniyatni taraqqiyotga yetaklovchi masalalar toʻgʻrisida qizgʻin munozalar boʻlib oʻtdi.
Ayniqsa, maʼlumotlar bazasini muntazam boyitib borish, jamgʻarmalarni onlayn manbalar bilan toʻdirish hamda bu yoʻnalishda albatta axborot kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy qilish va oʻz navbatida shu talablarga mos ravishda kadrlar saloxiyatini qoʻshimcha sirtqi taʼlim orqali tayyorlab borish davr talabi ekanligi taʼkidlandi.
Konferensiya ishtirokchilari seksiyalardagi muxim maʼruzalardan oʻziga zaruriy boʻlgan maʼlumotlarni olish bilan birga tashkilotchilar tomonidan uyushtirilgan
Rossiya federatsiyasi qurolli kuchlari tarixiy xarbiy kutubxonasi, Sank-Peterburg shahar rus geografik ilmiy kutubxonasi, davlat markaziy koʻzi ojizlar kutubxonalariga ekskursiyaga chiqdilar. Ularning boy va noyob kitob jamgʻarmalari, kitobxonlarga yaratilgan qulay va shinam, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan shart-sharoitlardan oʻzlariga tajriba orttirishga erishdilar.
Konferensiya vaqtida eng koʻp koʻtarilgan masala bu oliygoxlar kutubxonalari, ularda olib borilishi kutilayotgan yangi innovatsiyalar, raqamli kutubxonalar tashkil etish, noyob fondni yanada rivojlantirish hamda sunʼiy aql idrok (SI) orqali yangi imkoniyatlar eshigini ochish bilan birga xavf-xatar oldini olishga hamda axborot-kutubxona xizmatlarini sifat jixatidan yuqori darajaga olib chiqishi toʻgʻrisida juda koʻp muxokamalarga sabab boʻldi.
Konferensiyaning davomi Kareliya avtonom respublikasining Sortaval shahrida boʻlib, dastur aosida belgilangan namunali xisoblangan “Modelnaya kutubxona”ga tashrif buyurib ularning shahar aholisiga koʻrsatilayotgan xizmatlari, fan soxalariga va kitobxonlarning turli tabaqalariga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdik.
Kutubxonada yaratilgan avtomatizatsiya jarayonlari, kitobxonlar bilan ishlashni, qidiruv jarayonlarini takomillashtirish, raqamlashtirish ishlari, kitobni berish va topshirish jarayonlarining avtomatlashtirilganligi, onlayn xizmatlarning mavjudligi hamda korporativ kutubxona tizimlariga, ilmiy fanga oid maʼlumotlar bazalariga kirish huquqining ochiqligi kabi imkoniyatlar biz mexmonlarda katta taassurot qoldirdi.
H.Q. Karimova, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona
markazi direktori, Axborot-kutubxona aʼlochisi