Xalqimizning turmush darajasini yaxshilashda, hududlardagi mavjud muammolarni bartaraf etishda joylarda tuman hokimligi va mahalliy kengash deputatlarining tizimli ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Xokimlik vakillari va mahalliy kengash deputatlari fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlari asosida ijtimoiy-iqtisodiy sohada oʻz yechimini kutayotgan muammolar xal etib kelinmoqda.
Sergeli tumani hokimligida tuman xokimi E.Shukurov, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari I.Rafiqov, S.Tursunov, H. Qoʻchqarova, sektor rahbarlari va xokim oʻrinbosarlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilish tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlashga bagʻishlandi.
Yigʻilish davomida shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlariga mahalliy byudjetdan ajratilayotgan mablagʻlarni manzilli yoʻnaltirish boʻyicha takliflar ham koʻrib chiqildi. Joriy yilda ajratilgan mablagʻlarni umumiy oʻrta taʼlim maktablari, tibbiyot muassasalari va maktabgacha taʼlim muassasalarini taʼmirlashga hamda kerakli jihozlarni olishga yoʻnaltirish boʻyicha kelishib olindi.
H. Qoʻchqarova, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati