Hamkorlik: Oʻzbekiston va AQSH

0
175
marta koʻrilgan.

 “Istiqbolli avlod” nodavlat tashkiloti amalga oshirgan AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining( USAID)  “Odam savdosidan jabr koʻrganlarni reintegratsiya qilish” loyihasi yakunlanishiga bagʻishlangan “Odam savdosiga qarshi kurashish – reintegratsiya va samarali amaliyot” nomli ikki kunlik anjumanda hukumat, nodavlat, xususiy va xalqaro tashkilotlardan 45 nafar vakil ishtirok etdi va unda elchi Pamela Spratlen soʻzga chiqdi, deya xabar bermoqda AQSH elchixonasi matbuot xizmati.

 “Xotin-qizlar koʻpincha jinsiy ekspluatatsiyaga jalb qilinadi. Ular jismoniy va psixologik travma olgach, yana normal holatga qaytishi uchun koʻp muddatga choʻziladigan tez va har tomonlama yordamga ehtiyoj sezadi. Tegishli ravishda gʻamxoʻrlik qilinmasa, ular qaytadan odam savdosi qurboniga aylanishi ehtimoli katta”,  deya taʼkidladi elchi Spratlen xonim.

“Istiqbolli avlod” jamoasi odam savdosidan omon qolgan va uning qurboniga aylanishi mumkin boʻlgan qariyb 400 nafar xotin-qizga psixologik, tibbiy va yuridik yordam koʻrsatdi, ularga hunar oʻrgatdi. 2015 yili “Istiqbolli avlod” xotin-qizlarga pazandalik, kompyuter savodxonligi, bichish-tikish, kosmetologiya sirlarini oʻrgatuvchi oʻquv markazi tashkil etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.