Hamkorlikning yangi qirralari

0
393
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida Xitoy Xalq Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi XXR Jamoat xavfsizligi vazirligining rasmiy vakili Lyu Tunpin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi mvd.uz saytida.

Uchrashuv IIV Akademiyasi delegatsiyasining Xitoy xalq politsiya universiteti va qurolli politsiya Akademiyasiga tashrifi (2017 yil 26-29 dekabr) yakunlari boʻyicha oʻtkazildi.
IIV Akademiyasi boshligʻi general-leytenant Bahodir Matlyubov boʻlib oʻtgan tashrifning natijadorligini qayd etib, akademik mobillik doirasida maxsus oʻquv kurslarini, shuningdek Xitoy xalq politsiya universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida har ikkala oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va kursantlari  uchun «master-klass» darslarini tashkil etish yuzasidan oʻzaro kelishuvlarga erishilganligini maʼlum qildi.
Xitoy Xalq Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi XXR Jamoat xavfsizligi vazirligining rasmiy vakili Lyu Tunpin erishilgan oʻzaro kelishuvlarning amaliy ahamiyatini qayd etib, rasmiy vakil sifatida rejalashtirilgan tadbirlar amalga oshirilishini jadallashtirilishida hamma imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.
Uchrashuv kelgusida oʻzaro hamkorlikning ravnaq topishiga asos boʻladigan manfaatli, konstruktiv dialog ruhida oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.