“Hamshira-2018” respublika koʻrik-tanlovi gʻoliblari tibbiyot oliy oʻquv yurtlariga imtiyozli asosda oʻqishga qabul qilinadi

0
854
marta koʻrilgan.

Poytaxtimizda “Hamshira-2018” respublika koʻrik-tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Tanlovning final bosqichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat bosqichlarida gʻolib boʻlgan 14 nafar hamshira qizlar oʻzaro bellashdi.

“Hamshira-2018” tanlovining oʻtgan yillardan farqi shuki,  tanlovni oʻtkazish tartibi, baholash mezonlari yanada takomillashdi. Tanlovda asosiy eʼtibor hamshiralarning bilimi, intellektual va kasbiy salohiyatiga qaratiladigan boʻldi. Shuningdek, ishtirokchilarning tibbiyot bilan birga mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlar, sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarga daxldorlik tuygʻusi, faol fuqarolik pozitsiyasi baholashning muhim mezonlaridan etib belgilandi.

Tanlovda Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyat filiali Markaziy qabulxona boʻlimi hamshirasi Dilnoza Xoliqova birinchi oʻrin sovrindori boʻldi.  Zomin tuman tibbiyot birlashmasi Yuqumli kasalliklar boʻlimi hamshirasi Holida Yusupova ikkinchi, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Fargʻona viloyat filiali Qabul diagnostika boʻlimi hamshirasi Marhabo Abdukarimova uchinchi oʻringa sazovor boʻldi. Gʻoliblarga  diplom va qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.

Anʼanaga muvofiq, bu yil ham “Hamshira-2018” tanlovida birinchi, ikkinchi, uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan gʻoliblar tibbiyot oliy oʻquv yurtlariga imtiyozli asosda oʻqishga qabul qilinadi.

R. Sapoyeva

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.