Har bir murojaat ortida kattami-kichikmi inson tashvishi bor…

0
218
marta koʻrilgan.

Bugungi kunda yurtimizda murojaatlarga munosabat tubdan oʻzgargandi. Davlat idoralari va mansabdor shaxs­lar fuqarolar va jamiyat oldida masʼulligini, xalq manfaati ustuvorligini oʻz hayotlarida yaqqol his qila boshlashdi.

Aslida murojaatga eʼtibor insonga, uning dardu tashvishlarini yengillashtirishga boʻlgan saʼy-harakatdir. Shu bilan birga, murojaatlar orqali xalqimizning kay­fiya­ti, shart-sharoiti, islohotlarga munosabatini bilish mumkin.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan muddat va tartibda koʻrib chiqish, muammolarni imkon qadar ijobiy hal etish Davlat xizmatlari agentligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

– Gaz  hisoblagichini kiyoslash va tamgʻalash uchun juda koʻp joylarga murojaat qildim, biroq muammo hal boʻlmadi. Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi maxsus texnika bilan jihozlangan avtobus va «Damas»larda eng chekka hududlarga borib, “Mobil sayyor davlat xizmatlari” tadbiri  tashkil etayotgani va keng qamrovli davlat xizmatlari koʻrsatib kelayotgani qoʻl keldi. Boshqarma xodimlari tumanimizga kelganida  murojaatimni koʻrib chiqdi. Ularning aytishicha, yangi qarorga koʻra endilikda gaz, elektor energiyasi va suv hisoblagichlarini qiyoslash va uni yechib olish Davlat xizmatlari markazlarida amalga oshirilar ekan. Ularga ariza berdim. Muammo oʻz vaqtida hal etildi,– deydi Zuxra Qadirova.

Hozir davlat xizmatlari agentligida murojaatlar bilan ishlash tizimini yaxshilash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Murojaatlarni koʻrib chiqishda davlat xizmallari agentligi tomonidan eng muhim asosiy talablar belgilab qoʻyilgan. Murojaatlarni oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chi­qish, byurokratizm va sansolarlikka yoʻl qoʻyilmaslik kabi prinsiplar shular jumlasiga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasiga 2019 yilning 9 oyi davomida 201 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ularning 122 tasi virtual qabulxona orqali, 79 tasi bevosita kelib tushgan murojaatlardan iborat. Shundan, 83 tasi qanoatlantirilgan, 107 tasi yuzasidan tushuntirish berilgan, 4 tasi tegishli tashkilotlarga yuborilgan, 3 tasi murojaatchining iltimosiga asosan koʻrmasdan qoldirilgan, 4 tasi ijroga qaratilgan boʻlib, hal qilish yuzasidan tegishli choralar koʻrilmoqda.

Darhaqiqat,  har bir murojaat ortida xalq manfaati yotadi. Shuning uchun «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida»gi qonun qabul qilingan. Ushbu hujjat asosida ariza, taklif va shikoyatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va hal etilishiga, natijada inson huquq­lari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari yanada samarali himoya qilinishiga xizmat qilayotganimizni his etib yanada samarali ishlashga intilaveramiz.

Azamat JUMANIYOZOV,  Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi

tashkiliy-tahlil boʻlimi bosh maslahatchisi

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.