Hashar – elga yarashar

0
575
marta koʻrilgan.

 Toshkent shahar mahallalari tashabbusi bilan 6 fevral kuni poytaxtning barcha tumanlaridagi qabristonlarda “Savob hashari” loyihasi tashkil etildi.

Ozodalik poklik, elimiz odamlarining qon qoniga singan goʻzal qadriyatlaridan   biridir. Shanba kungi hasharda esa poytaxtdagi qabristonlar hududi tartibga keltirildi. Oʻtganlar xotirasi yodlandi, tilovat qilindi.

Qabristonlarni tozalash va obodonlashtirish  ishlarida barcha koʻngillilar, savob istagida boʻlgan yurtdoshlarimiz qatnashdi.

Jumladan,  Yakkasaroy tumanidagi “Fozil ota” (sobiq Yakkasaroy qabristoni) va “Yahudiylar” qabristonlarida ham hashar oʻtkazilib, qabriston maydoni yaʼni ariqlar hamda yoʻlaklar chiqindilardan tozalandi va hududlar supirib sidirildi.  Dov-daraxtlarni butash ishlari amalga oshirildi. Bahor arafasida nish urgan gul-maysalarning yuzi xas choʻpdan tozalandi, chor-atrof   yashillikka burkandi. Odamlar qalbida ham chor-atrofda ham bahor nafasi ufurdi.

Alloma Alisher Navoiyning “Odamni demagil odamiy, ani yoʻq xalq gʻamidin gʻami” degan oʻgitlarida taʼkidlanganidek, hashar  xalqimizning qadimiy qadriyatidir. Azal-azaldan jamoatchilik asosida hashar yoʻli bilan koʻplab ishlar amalga oshirilgan. Hasharchi-jadidlar  mablagʻ yigʻib iqtidorli bolalarni xorijda oʻqitishgan. Qarindoshlar hashar yoʻli bilan yangi oilaga uy qurib berishgan.  Hashar yoʻli bilan koʻpriklar, yoʻllar,  quduqlar, maktablar, madrasalar bunyod etilgan. Keyingi yillarda shaharlik  hasharchilar dolzarb davrda hosilni nobud qilmay oʻz vaqtida terib olish uchun paxta yigʻim- terimida qatnashdilar.  Hukumatimiz tashabbusi bilan fermerlar ularni ragʻbatlantirib, mablagʻ ajratdilar. Eng asosiysi hashar tufayli odamlar uyushadi, ular  orasida mehr-oqibat rishtalari kuchayadi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.