Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri ijodkorlari Xiva tumani maktablarida

0
556
marta koʻrilgan.

 Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri nafaqat viloyatda, balki respublikada ham mashhur.  Mamlakatimizda boʻladigan tadbirlarda faol qatnashib kelishadi.

Uning ijodkorlari maktab va maktabgacha taʼlim muassasalariga tez-tez chiqib bolalarni xushnud qilishadi. Teatr  ijodkorlari Xiva tumani 19-son umumiy oʻrta taʼlim  maktabida “Karvon saroy buyuk ipak yoʻlida” spektaklini namoyish etishdi. Oʻquvchi-yoshlarda  spektakl yaxshi tassurot qoldirdi.

Shuningdek, Xiva tumani 12-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda qoʻgʻirchoq teatrining iqtidorli aktyorlari milliy qoʻgʻirchoqlar hamda ertak qaxramonlari qiyofasida oʻquvchilarga turli chiqishlar namoyish etdilar. Oʻziga xos bu sanʼat bolalarda katta qiziqish uygʻotdi.

Maftuna ROʻZIMATOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.