Davlatimiz rahbarining «Andijan Silk.Co» qoʻshma karxonasiga tashrifi chogʻida «Marhamat — 2017» tuti haqida maʼlumot berildi.
Bu nav marhamatlik olim Abdufattoh Musurmonqulov tomonidan mahalliy «Oʻzbekiston» va Yaponiyaning «Oshima» navlarini payvand qilish orqali oʻstirilgan. Uning barglari katta va orasi tigʻiz, shuning evaziga hosildorligi yuqori. Masalan, oddiy tutning bir gektaridan 20 tonna barg olinsa, «Marhamat — 2017» navidan 40 tonnagacha barg olish mumkin.
«Pillachilik milliy qadriyatimiz, boyligimiz. Undan uch martagacha hosil olish, tayyor mato ishlab chiqarib, katta daromad topish imkoniyati bor. Bizga faqat ozuqa — tut bargi yetishmaydi. Avvalgi tutlar qarigan, hosildorligi pasayib ketgan. Pillachilikni rivojlantirish uchun mana shunday intensiv va mahsuldor navlarni koʻpaytirish kerak» dedi Shavkat Mirziyoyev.