Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Azizov Abdusalam Abdumavlanovich Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi lavozimiga tayinlandi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi lavozimida ishlab kelgan Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich sogʻligi yomonlashgani tufayli oʻz arizasiga binoan (keyingi bir yilda boʻyin va bel umurtqa pogʻonasida ikki marta ogʻir jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan) lavozimidan ozod etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga shu kunga qadar Toshkent xarbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni lavozimida ishlab kelayotgan general-mayor Kurbanov Bahodir Nizamovich tasdiqlandi.
B. Kurbanov avval Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.