«I Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali»da chanqovuzlar sadosi

0
383
marta koʻrilgan.

I Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining ochilishiga bagʻishlangan bayram dasturida 500 nafar yoshlar chanqovuz chalishadi.

Ushbu musiqiy chiqishda yosh ijrochilar Surxon vohasi urf-odatlari va anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirib, vohaga xos kuyni ijro etishadi.

Yoshlar tomonidan ijro etilishi rejalashtirilgan ushbu musiqiy chiqishda ijrochilar vohaning betakror tabiati va orombaxsh sanʼatini chanqovuz asbobi kuyida tasvirlab berishadi.

Festivalga Boysunlik hunarmandlar oʻz hissasini qoʻshishga astoydil harakat qilishdi. Jumladan, usta hunarmand Gʻayrat Musulmonov tomonidan ming dona chanqovuz asbobi  yetmish kun davomida yasaldi.

Bir soʻz bilan aytganda,  qadimiy chanqovuz ohanglarini joʻrlikda sayratadigan, dillarni yayratadigan yosh chanqovuzchilar bayram dasturiga alohida tayyorgarlik koʻrishmoqda.

Mavluda ASQARXOʻJAYEVA, Oʻzbekiston madaniyat vazirligi matbuot kotibi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.