Poytaxtimizda qishki sport turlariga moʻljallangan «Ice City» majmuasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev, loyiha taʼsischilari va boshqa faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.
16 000 kv.m maydonda qad rostlagan ushbu «shaharcha»da qor oʻynash, snoubordda uchish va xokkey oʻynash mumkin. Muz saroyida muxlislar uchun alohida tribuna ham tashkil etilgan. Hududda +18 daraja iliqlik ushlab turiladi.
Unda birinchi boʻlib yosh xokkeychilar ishtirokida koʻrgazmali chiqish namoyish etildi. Keyin esa «Binokor» va «Toshkent», shuningdek, «Humo» va «Semurgʻ» jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.