Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish federatsiyasi va Butunjahon “World Strongmen” federatsiyasi hamkorligida 8-9 iyun kunlari qadimiy Xiva shahrining tarixiy markazi Ichan Qalʼada yetuk mutafakkir va mohir kurashchi Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan “I-Xalqaro bahodirlar oʻyinlari” oʻtkazildi.
Shu munosabat bilan dunyoning 14 ta mamlakatidan tashrif buyurgan eng kuchli sportchilar, mexmonlar, turnir tashkilotchilari qadimiy va xamisha navqiron Xiva shahrida jam boʻlishdi.
Bu kabi xalqaro sport musobaqalarini respublikamizning turli hududlarida, shu jumladan Xorazm viloyatida tashkil etilishi sport turizmi yoʻnalishida xalqaro aʼloqalarni rivojlantirish, jahon hamjamiyatida Oʻzbekistonning ijobiy imidjini yanada yaxshilash va turizm salohiyatini targʻib qilishda xamda yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyoxlarning vaqtini mazmunli oʻtishida muxim axamiyat kasb etdi.
Buyuk ajdodimiz Pahlavon Maxmudning Sharq dunyosida “polvonlar piri” deb eʼtirof etilgani nafaqat xorazmliklarning, balki butun oʻzbek xalqining faxridir!
Ushbu turnir va bu kabi tadbirlar yosh avlodningning yanada toblangan, chiniqqan, mustahkam irodali boʻlib voyaga yetishiga, hayotda oʻz oʻrnini topishiga, tugʻilib oʻsgan Vatanini ardoqlashga, uning shaʼnini munosib himoya qilish, gʻurur va matonatga daʼvat etishi, shubhasiz!
Xorazm viloyat hokimligi Matbuot xizmati