Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrsida”gi PQ-3514-sonli qarorida belgilab berilgan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” shiori ostida mamlakatimiz boʻylab ichki turizmni rivojlantirish maqsadida turistik tashkilotlar, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Xorazm viloyati hokimligi hamkorlikda respublikamiz viloyatlaridan mahalliy sayyohlar uchun turlar tashkil qilinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 8 mart kuni Andijon viloyatining Izbosgan tumani faollaridan iborat sayyoxlar guruhi Xorazm viloyatiga tashrif buyurishdi. Sayyohat dasturi 1 kundan iborat boʻlishiga qaramasdan mehmonlar Xiva shahri “Ichan-qalʼa” muzey qoʻriqxonasidagi “Paxlavon Maxmud” ziyoratgoxi, “Koʻhna Ark” majmuasi, Xiva xonlarining mashhur “Toshxovli” saroyi, “Kalta minor” minorasi, “Juma masjid” jomeʼ masjidi, “Allaqulixon”, “Muxammad Aminxon” madrasalari bilan yaqindan tanishdilar.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi