ICTWEEK Uzbekistan-2018” AKT haftaligining boshlanishi munosabati bilan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

0
96
marta koʻrilgan.

“ICTWEEK Uzbekistan-2018” AKT haftaligining boshlanishi munosabati bilan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Konferensiya davomida tashkiliy qoʻmita OAV vakillariga AKT haftaligidan oʻrin olgan tadbirlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berishdi.

Toshkent va Jizzaxda oʻtkaziladigan «ICTWEEK Uzbekistan-2018» Oʻzbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi mamlakatimiz axborot texnologiyalari sohasidagi eng muhim va keng koʻlamli tadbir.
 
ICTWEEK ning asosiy maqsadi avvalgi yillarda boʻlgani kabi bu yil ham axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan loyihalar namoyish etish va muhokama qilishdir.
 
«ICTWEEK Uzbekistan-2018» haftaligi doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar:
Toshkent shahrida: 
 
Matbuot anjumani 
 
«ICTEXPO-2018» — axborot texnologiyalari anʼanaviy yillik koʻrgazmasi
 
«DIGITAL UZBEKISTAN» forumi  shuningdek, boshqa tadbir va taqdimotlar.
 
Jizzax shahrida:
Matbuot anjumani
 
«Bolalar uchun axborot texnologiyalari» aksiyasi
 
Mintaqaviy «ICTEXPO-2018» koʻrgazmasi 
 
Mintaqaviy forum.
 
24 sentyabr. Toshkentda matbuot anjumani boʻlib oʻtdi — «ICTWEEK Uzbekistan-2018» haftaligini ochib berdi. Shu kuni jurnalistlar haftalik haqida batafsil maʼlumot va barcha savollariga javob olishdi.
25 sentyabr. Jizzax shahrida matbuot brifingi hamda «Bolalar uchun axborot texnologiyalari» aksiyasi boʻlib oʻtdi.
26 sentyabr. Poytaxtdagi «Oʻzekspomarkaz»ning anjumanlar zalida «DIGITAL UZBEKISTAN» forumi boʻlib oʻtadi.
27 sentyabr. Jizzax shahrida «Jizzax viloyati: investitsiyalar, innovatsiyalar, axborotlashtirish» mintaqaviy 3-forumi boʻlib oʻtadi.
26-28 sentyabr. Toshkentda axborot-kommunikassiya texnologiyalari haftaligining muhim voqeasi — «ICTEXPO-2018» koʻrgazmasi oʻtkaziladi.
26-27 sentyabr. Jizzax shahrida Toshkentdagi «ICTEXPO-2018»ga uygʻun ravishda mintaqaviy koʻrgazma boʻlib oʻtadi.«ICTEXPO-2018»da axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorida taqdim etilayotgan zamonaviy texnologiyalar va yechimlar namoyish etiladi. Ushbu koʻrgazmada axborot texnologiyalari sohasidagi soʻnggi tendensiyalarga ixtisoslashgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar ishtirok etadi: uyali aloqa kompaniyalari, vendorlar, dasturiy taʼminot, tizim integratorlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va boshqalar.
AKT haftaligi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida oʻtkazilmoqda. Tashkilotchilar — «ICTNEWS Conferences” (“CIBGROUP” MCHJ) va Oʻzbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi (Jizzax sh.).

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.