Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Ulugʻnor tumanida boʻlib oʻtgan yigʻilishda maʼlum qildi.
«Viloyatda joriy yilda 25 mingta ish oʻrni yaratish nazarda tutilgani bizni mutlaqo qoniqtirmaydi. Chunki ishsizlar soni bundan yuqori.
Hokimlar, sektorlar rahbarlari investitsiya va texnologiya olib kelib, sanoat va xizmat koʻrsatish korxonalarini tashkil etishga, shu orqali odamlarni ish bilan taʼminlashga koʻmak berishi kerak» dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari tashrifi arafasida maxsus Ishchi guruh tomonidan mavjud imkoniyatlarni keng safarbar qilish hisobiga 51 mingdan ziyod ish oʻrni yaratish boʻyicha reja ishlab chiqilgani qayd etildi.