Andijonda 50 ta koʻp qavatli uy quriladi

0
135
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining Sulton Joʻra mahallasida qurilgan uy-joylarni borib koʻrdi.

Davlatimiz rahbarining oʻtgan yilgi tashrifi chogʻida belgilangan vazifalar asosida ushbu mahallada beshta, Mustaqillik mahallasida ikkita 7 qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirildi.

Joriy yilda 14 ta shunday turar joy barpo etilayotgan edi. Prezidentimiz Andijonda bu masala dolzarb ekanini inobatga olib, shu yilning oʻzida qoʻshimcha yana beshta 7 qavatli uy qurish boʻyicha topshiriq berdi.

Shu tariqa bu yil Andijon shahrida 19 ta, yaqin yillarda jami 50 ta koʻp qavatli uy bunyod etiladi. 

Shu yerda Andijon viloyatida amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlari, kommunal tarmoqlarni yaxshilash loyihalari taqdimoti oʻtkazildi.

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida ichimlik suvi tarmoqlarini rivojlantirish uchun 200 milliard soʻm mablagʻ ajratishga koʻrsatma berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.