Dori vositalarining narxi pasayadi

0
150
marta koʻrilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish, import qilinayotgan dori vositalarini mahalliylashtirish boʻyicha bir necha bor videoselektor yigʻilishlari oʻtkazdi. Ularda berilgan topshiriqlar boʻyicha joylarda farmatsevtika korxonalari ishga tushirilmoqda.

Andijon tumani Xartum qishlogʻidagi «Zamin Bio Health» masʼuliyati cheklangan jamiyati shulardan biri. Mazkur zavod yiliga 10 million flakon insulin ishlab chiqarish quvvatiga ega. 

Qandli diabet kasalligini davolashda qoʻllaniladigan bu dori vositasi yurtimizga chetdan keltiriladi. Zavodning ishga tushirilishi bilan ushbu dori vositasi importi hajmi kamayadi, valyuta tejaladi. Eng muhimi, mazkur dorining narxi pasayadi. 

Masalan, hozirgi paytda bir flakon insulinning bozor narxi 36 ming soʻm boʻlsa, mazkur korxona bu dorini 20 ming soʻmdan yetkazib berishi mumkin.

Bu juda dolzarb ijtimoiy ahamiyatga ega masala, dedi Shavkat Mirziyoyev. Insulinga ehtiyoji bor bemor dori topolmasa, hayoti xavf ostida qoladi, hech qachon rozi boʻlmaydi.

Bunday dorilarning narxini pasaytirish, hamma joyga vaqtida yetkazib turish kerak. Odamlar shuni sezsin.

Prezidentimiz mahalliy ishlab chiqaruvchilar bozorga kirib, raqobatbardosh boʻlguncha ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, dori substansiyalarini roʻyxatdan oʻtkazishda koʻmaklashish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.