Fotoreportaj: Maktab formalarining yangi namunalari namoyish etildi

0
260
marta koʻrilgan.

Kun.uz muxbirning xabariga koʻra, 11 oktyabr kuni «Oʻzbekengilsanoat» AJ binosida eskizlar asosida ishlab chiqilgan maktab formalari namunalari koʻrgazmasi tashkil etildi.  Koʻrgazmada «Sharq liboslari dizayn markazi» hamda «Oʻzbekengilsanoat» AJ tizimidagi korxonalar tomonidan eskizlar yaratilib, namunalar asosida ishlab chiqildi.

Tadbirda «Oʻzbekengilsanoat» AJ tizimidagi 50ta trikotaj mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalardan 12tasi oʻz tayyor mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. Ular orasida «Sharq liboslari dizayn markazi», «Istiqlol tekstil» (Ideal), «Jannati Bibixonim», «High Fashion Group», «Koson universal», «Cotton Road», «Bagira Tex», «Gulmira Tekstil», «EKO planeta», «Ferangiz Fashion», «Urganch Bahmal», «Tumaris Tekstil» kabi korxonalarni uchratish mumkin. 

Koʻrgazma davomida bolalar turli yoshlarga moʻljallangan bahor, kuz va qish mavsumiga mos maktab formalarini namoyish qilishdi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.