Mahallalarda «Yoshlar», «Ayollar» va «Temir» daftarlar tashkil etilgani maqsadga muvofiq boʻldi. Ushbu faoliyat har bir inson davlat himoyasida ekanligini ifodalaydi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati H.Qoʻchqarova va Yangihayot tumani kengashi kotibiyat mudiri X.Dadabayevlar tomonidan Sergeli tumani “Daryobuyi” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qilayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, imkoniyati cheklangan Kiril Yarsev holidan xabar olindi.
K.Yarsevga oʻzini-oʻzi band etishida koʻmaklashish maqsadida H.Qoʻchqarova va Yoshlar parlamenti aʼzosi I.Rixsiboyevlar tashabbusi hamda mahalla faollari hamkorligida poyafzal shaxobchasi oʻrnatib berildi.
Hozir unga etikduzlik qilishi uchun kerakli anjomlarni olib berish va faoliyatiga qulay sharoitlar yaratish boʻyicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.
gujum.uz