Muvaffaqiyatga erishishning sirlari nimada?

0
255
marta koʻrilgan.

Zamonaviy oʻzbek ayolining bugungi portreti qanday boʻlishi kerak? Oʻzbek ayollarining tafakkuri, bilim darajasi, hayotga boʻlgan munosabati qay darajada deb oʻylaysiz? Ular dunyo ayollaridan qay jihatlari bilan ajralib turadilar? Yangi Oʻzbekistonning faol ayollari qaysi jihatlari va ibratli hayot yoʻllari bilan boshqalarga oʻrnak boʻla oladilar?

 Toshkent shaxar “Bilim” axborot-kutubxona markazi konferensiya zalida boʻlib oʻtgan “Men muvaffaqiyatli ayolman” loyihasi doirasidagi “Yangi Oʻzbekistonni faol ayollar bilan quramiz” mavzuidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv yuqoridagi savollarga javob berdi.  Unda respublikamizning turli  sohalarida faoliyat yuritayotgan, oʻz mavqei va obroʻ eʼtiborga ega  taniqli siyosatchi, jurnalist, shoira va tadbirkor ayollar, “Bilim” AKM  va tuman AKMlarining  rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbirni Toshkent shaxar “Bilim” AKM direktori, ”Maʼnaviy ishlar aʼlochisi” X. Karimova ochdi va tadbirning maqsad va vazifalari haqida gapirdi. Yigilganlarga mehmonlarni tanishtirar ekan, yurtboshimizning bugungi oʻzbek ayollari haqidagi fikrlarini eslatib oʻtdi.

“Sizlarning har biringiz oʻz gʻayrat va shijoatingiz bilan Yangi Oʻzbekistonimiz ravnaqi yoʻlida ona xalqimiz farovonligi uchun beqiyot hizmat qilmoqdasiz” Biz ayollarga berilgan ishonchni jon dili bilan oqlayotgan xotin-qizlarimizning bir guruhi bugun davramizda. Ularning bosib oʻtgan yoʻllari, erishgan yutuqlari, oʻta mashaqqatli ammo ibratli hayot yoʻllari bilan tanishasiz, fikr almashasiz. Katta tajriba orttirasiz» — deya taʼkidladi.

Halqaro Amir Temur jamoat fondi ijrochi direktori, Turon fanlar akademiyasi akademigi S. Azamova shu kungacha erishgan yutuqlari, muvaffaqiyatlarinig siri kitobga boʻlgan qiziqishi tufayli ekanligini qiziqarli voqealar asosida soʻzlab berdi. «Inson bolalikdan maqsadni toʻgʻri qoʻyishi kerak ekan. Maktab kutubxonasi mening eng sevimli maskanim edi. Bolaligimdan kitoblarni nafaqat oʻqidim balki, ular bilan yashadim. Har qanday muvaffaqiyatning kaliti bilimda, ilmda» — dedi u.

Oʻzbekistonda hizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Mehnat shuhrati”, “Doʻstlik” ordenlari sohibasi, shoira Z. Moʻminova qaysiki oilada ayol kishi maʼnaviyatli boʻlsa farzandlar ham aqlli, ahli donish boʻlib voyaga yetishishlariga alohida toʻxtalib oʻtdi. Oʻzbek ayollarining taʼrifi juda baland.  Ulugʻ shoirimiz   Usmon Nosir hayoti bilan tanishar ekan, uni maʼnaviyat bobidagi qarashlarida onasining oʻrni katta boʻlganligini alohida taʼkidladi. Oʻzi yozgan sheʼrlaridan namunalar oʻqib berdi, xususan ayollarga bagʻishlangan sheʼri ishtirokchilar qalbini larzaga soldi.

Oʻzbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi aʼzosi, «Shuhrat» medli sohibi, jurnalist H. Zokirova ayolning oiladagi, jamiyatdagi oʻrni alohida ekanligini qayd etarkan, ayol kishining tafakkuri, dunyoqarashi qancha keng boʻlsa oila mustahkam boʻlishini, jamiyat yanada rivojlanishini  aytdi. «Ish faoliyatim davrida koʻplab xorijiy davlatlarda boʻldim. Chet elliklar  oʻzbek ayollari hayotiga , turmush tarziga befarq emaslar. Oʻtmishga ahamiyat bersak  bizning ayollarimiz ziyoliligi, bilimga chanqoqligi, nozik didliklari bilan ajralib turganlar. Jamiyatimizning har bir jabhasida xotin-qizlarimizni oʻrni bor. Qay sohaga qaramang ular ilgʻor. Mamlakatimiz rahbarining xotin-qizlar borasidagi kuyunchakliklari tufayli maʼrifatli ayollarimizning soni yanada ortmoqda. Ziyoli qizlarimizni soni koʻpaymoqda. Bu biz uchun faxr»-dedi u.

“Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, respublika maʼnaviyat-maʼrifat markazi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor, Xalqaro toifadagi trener J. Shermuhammedova xotin-qizlar bilan bogʻliq joylardagi muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari, kitobning inson hayotidagi oʻrni, kitobxonlikni rivojlantirish,  bu borada joylarda olib borilayotgan loyihalar natijasi haqida soʻzlab berdi.

Tadbir juda qiziqarli, mazmunli va qizgʻin baxs va munozaralarga boy tarzda oʻtdi “Bilim” AKM va tuman AKM  rahbarlari, mutaxassislari  tomonidan mehmonlarga turli hil savollar berildi va toʻlaqonli javoblar olishdi.

Koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan maʼnaviyat tadbirining yakuni yanada bir kutilmagan voqea bilan hammada katta taassurot qoldirdi. Halqaro Amir Temur xayriya fondi ijrochi direktori, Turon Fanlar akdemiyasi akademigi S. Azamova mehnat jamoasidagi  oʻrni va hayotda erishgan muvaffaqiyatlarini inobatga olib, eng ilgʻor FAOL AYOLLARGA yaʼni, J. Shermuxammedova, X. Zokirova, Z. Moʻminova, X. Karimovalarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1996 yil 14 martdagi 100 sonli qaroriga asosan taʼsis etilgan “Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi” ning xalqaro esdalik nishonini topshirdi.

Raʼnoxon Holiqova, Toshkent shahar “Bilim” AKM etakchi mutaxassisi 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.