SARATON PROFILAKTIKASIDA SAMARALI SABOQLAR

0
200
marta koʻrilgan.

Kasallikni kelib chiqish sababi  ekzogen (tashqi) omillar yaʼni, kimyoviy, fizik, biologik  va endogen (ichki omillar), yaʼni, organizmda kanserogen  (rak keltirib chiqaruvchi) moddalarni sintezlanishi, gormonal muvozanatning buzilishiga bogʻliq.

Olimlarni taʼkidlashicha, yana boshqa omillar ham borki, bularga notoʻgʻri ovqatlanish, buning  natijasida  35 foiz, tamaki chekish natijasida  30 foiz, atrof — muhitning ifloslanishi 3 foiz, viruslarning organizmga tushishidan 10 foiz, nasldan-naslga oʻtish borasida 5-10 foiz, quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlarning salbiy taʼsiri  natijasida 5 foiz, ionli nurlanish  natijasida 3 foiz, va alkogolli ichimliklar isteʼmol qilish natijasida 2 foiz, onkologik kasalliklar kelib chiqishi isbotlangan.

 2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustivor yoʻnalishlari boʻyicha “Harakatlar strategiyasida” belgilab berilganidek, Prezidentimizning 2017 yil aprel oyidagi (“Oʻzbekiston Respublikasida onkologik xizmatni yanada yaxshilash va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”)gi qaroriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining  buyruqlariga binoan Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy markazi –Respublika   ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya  ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, viloyatlar onkologiya dispanserlari esa  markaz filiallariga aylantirildi. Ushbu filiallarga markazning yetakchi ilmiy xodimlari  rahbarlik lavozimlariga tayinlandi. Respublika  ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filialiga  tibbiyot fanlari doktori, professor Doniyor  Poʻlatov  direktor qilib yuborildi. Mana 5 oydirki  filialimizda  onkologik xastaliklar bilan ogʻrigan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatish  tubdan oʻzgardi. Xasta kishilarning davo muolajalaridan soʻng tuzalib ketishlari uchun barcha tibbiyot xodimlari yanada jonbozlik bilan mehnat qilmoqdalar. Ularni tibbiy tekshirish va davolash ishlari, shifoxonaga yotqizish, operatsiya qilish, oʻz vaqtida maxsus davo (kimyoterapiya) muolajalarini olishlarlari, yaxshi sharoitlarda amalga oshirilmokda. Ushbu markaz mutaxassislari tumanlarga chiqib onkolog vrachlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularga zarur tavsiyalar berishmoqda.

 Onkologiya sohasida dolzarb muammo – bu keng kamrovli profilaktik ishlar va kasallikni erta bosqichlarda aniqlashdir. Buning uchun joylarda shifokorlarni onkologik  hushyorligini  oshirish, tibbiyot xodimlari aholi oʻrtasida oʻz vaqtida  chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar tashkil qilishi, skrining tekshiruvlarini barcha kasalliklar boʻyicha  olib borish va ayniqsa, fuqarolarning tibbiy madaniyatini oshirishi  lozim.

Filialimizda  sut bezi saratoni kasalligining  oldini olish   maqsadida  ayollarga muhim malumotlar va saraton kasalligining 21 ta asosiy belgisi, uning profilaktikasi  haqida eslatma varaqalari chiqarildi va shahar, tuman tibbiyot birlashmalariga, QVP larga tarqatildi. Mutaxassislarimiz saraton kasalligini tekshirish, uni davolash va oldini olish borasida, dori-darmonlar, yangi tibbiy asbob-uskunalar  toʻgʻrisida videoroliklarni   fuqarolarga taqdim etmoqda. 

Hozirgi kunda filialimizda 7-ta boʻlim faoliyat koʻrsatib, laborator tekshiruvlar asosida, tibbiy uskunalar (kompyuter tomografiyasi, rentgen, mammografiya, ultratovush tekshiruvlari)ga asoslanib bemorga toʻgʻri tashxis qoʻyilib, aholiga ixtisoslashtirilgan   onkologik  xizmat  koʻrsatib kelinmokda. Xastalarga zamonaviy  davo muolajalari oʻtkazilmoqda.

Matniyaz MATNIYAZOV, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor, Xorazm viloyati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.