Taniqli jurnalist va shoir Shuxrat Dehqonov boqiy olamga oʻtdi

0
205
marta koʻrilgan.

«Nuroniy» gazetasi bosh muharriri sifatida faoliyat yuritayotgan taniqli jurnalist Shuhrat Dehqonov 52 yoshida boqiy olamga oʻtdi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi.

Shuhrat Dehqonov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, turli jamoat tashkilotlarida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan zahmatkash, mehnatkash inson edi.

Muhriddin Xoliqovning bir qancha mashhur qoʻshiqlarining muallifi, jumladan, «Pariroʻy sanamlar» qoʻshigʻi Shuhrat Dehqonov qalamiga mansub boʻladi.

Olimjon Oʻsarov eʼtirofi: Bir shaxs «Oltin qalam»ni ikki bor olishi mumkinmi? Bu savolni juda koʻp berishadi. Ayniqsa, bu yil Prezident qarori asosida tanlov bosh mukofoti gʻolibiga avtomobil qoʻyilgach, endi topshirsak boʻlarkan, deb yozayotganlar ham bor.

Kecha marhum doʻstimiz, taniqli jurnalist, isteʼdodli shoir Shuhrat Dehqonov haqidagi materiallarni koʻzdan kechira turib, bu savolga javob topdim — boʻlarkan!

Shuhrat Dehqonov «Oltin qalam» Xalqaro  mukofotini ikki bor qoʻlga kiritgan yagona jurnalist. Bu haqda «Oltin qalam 2022» gʻoliblari haqidagi kitob-albomda hamkasbimizning oʻzi eslab oʻtgan ekan.

Aytgancha, Shuhrat Dehqonov «Yilning eng faol jurnalisti» tanlovining ham gʻolibi boʻlgan. Oxiratlari obod boʻlsin!

GUJUM. UZ cayti tahririyati Shuhrat DEHQONOVning vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolariga  taʼziya bildiradi. Oxirati obod boʻlsin, yotgan joyi nurga toʻlsin!

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.