Xoʻjaniyozova Shakarjon Yusupovna

0
763
marta koʻrilgan.

 

Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviymaʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Shakarjon Yusupovna Xoʻjaniyozova 63 yoshida vafot etdi. Dafn marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyati hokimligi va Shakarjon Xoʻjaniyozovaning oila aʼzolariga yoʻllagan taʼziyanomasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Qahramon Quronboyev oʻqib eshittirdi. Shakarjon Xoʻjaniyozova Bogʻot tumanining Nukus qishlogʻidagi qabristonga dafn etildi, deya xabar beradi Xorazm viloyati hokimligining matbuot kotibi Shuxrat Matkarimov xorazm.uz saytida.

1955 yilda Xorazm viloyatining Bogʻot tumanida tugʻilgan Shakarjon Xoʻjaniyozova joriy yilning 25 yanvaridan viloyat hokimi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Bundan avval, u Xorazm viloyati hokimining tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, viloyat Xotinqizlar qoʻmitasi raisi, shuningdek, Bogʻot tuman hokimi lavozimida mehnat qilgan.

Xoʻjaniyozova ish faoliyatini 1977 yil Bogʻot tuman jamoa xoʻjaligi hisobchiligidan boshlagan boʻlib, keyinchalik shu tumandagi 6-sonli oʻrta hunartexnika bilim yurti direktori oʻrinbosari, soʻngra direktori boʻlib ishlagan.

U Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati va mamlakat parlamenti ikki palatali davrida Oliy Majlis Senati aʼzosi sifatida faoliyat yuritdi.

U hukumatimiz tomonidan «Mehnat shuhrati» va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari, «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi» faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

Xorazm viloyati jamoatchiligi ogʻir judalikka uchradi. Bevaqt oʻlim ajoyib inson, mohir tashkilotchi, iqtidorli rahbar, meribon ona Xoʻjaniyozova Shakarjon Yusupovnani 63 yoshida oramizdan olib ketdi. Elimizning qadrli farzandi, ajoyib inson, yurt ravnaqi va el farovonligi uchun tolmas kurashchi Shakarjon Xoʻjaniyozovaning porloq xotirasi qalbimizda mangu yashaydi”, deyiladi xorazm.uz saytida bir guruh safdoshlari tomonidan yozilgan taʼziyanomada.

«Sogʻlom ona va bola» markazi va gujum. uz sayti tahririyati ham Shakarjon Xoʻjaniyozovaning bevaqt oʻlimi munosabati bilan uning oila aʼzolariga hamda yaqinlariga chuqur taʼziya bildiradi.

Shakarjon Xoʻjaniyozovaning oxirgi manzili- yotgan qabri nurga toʻlsin!  Olloh oxiratini obod qilsin!

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.