Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida

0
261
marta koʻrilgan.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorda Ikkinchi jahon urushi faxriylari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolar, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda ushbu fuqarolarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning shaffof va samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadidagi vazifalar va imtiyozlar belgilab berildi.

Jumladan:

1941-1945 yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga, shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari oʻrniga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov (keyingi oʻrinlarda – qoʻshimcha toʻlov) toʻlab boriladi;

1941-1945 yillardagi urush faxriylari va fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan fuqarolarga bepul yetkazib beriladigan zarur kiyim-kechak va poyabzallar oʻrniga kiyim-kechak xaridi uchun har yili avgust oyida bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida toʻlanadigan kompensatsiya (keyingi oʻrinlarda – kompensatsiya) joriy etiladi.

Manbaa: prezident. uz rasmiy veb- sayti (08.06.2022).

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.