Avvalgi maqolamizda art terapiya tushunchasi va tarixi haqida maʼlumot bergan edik. Bu gal uning asosiy maqsadi va ahamiyatini izohlaymiz.
Art terapiya sanʼatning biror turi orqali davolash dedik. U qanday amalga oshiriladi? Ijod inson uchun oʻz ichki dunyosiga kirish va oʻzini anglash imkoniyatlaridan biridir. U bizni qalbimizning eng yaxshi, yaʼni eng yorugʻ, boy va samimiy jabhalariga murojaat etadi. Odam yozayotganda, chizayotganda, loydan buyum yasayotganda yoki boshqa sanʼat turlarida oʻzini namoyon etayotganda, bu unga boʻshashish, oʻzini koʻrsatish va ozgina boʻlsa ham oʻz qalbi, ruhiyati bilan, yaʼni oʻz-oʻzi bilan uygʻunlikda boʻlishga imkoniyat beradi. Bundan tashqari, ijod psixikani bogʻlash boʻyicha samarali usul hisoblanadi va hozir u amaliy psixologiyada “Art terapiyasi” nomi bilan keng qoʻllanilmoqda.
Deyarli har bir psixolog insonni ruhan davolashning baʼzi bosqichlarida art terapiyasi kabi usulga murojaat qilish zarurligini his qiladi. Ushbu usulning turlari va usullari davolanish rejimini sezilarli darajada diversifikatsiya qilish, bemor ahvolini yaxshilash, chuqur nizoli holatlarni hal qilishda unga yordam berishi mumkin. Ushbu tuzatish sxemalaridan foydalangan holda, psixolog bir nechta maqsadlarga ega boʻladi. Sanʼat darslari insonga taʼsir koʻrsatayotgan salbiy his-tuygʻular, jumladan, tajovuzni bartaraf etish va uning ruhiyatini ijtimoiy maqbul shaklda ozod qilish imkonini beradi. Masalan, haykallar yoki chizmalar ustida ishlash stressni yengillashtirish va ezgu tuygʻularga almashtirishga imkon beradi.
Sanʼat insonga ogʻzaki boʻlmagan muloqot qilish imkonidir. Baʼzan odam ichki nizolarni vizual tasvirlar yordamida, soʻzlarni qoʻllamasdan, yuz berayotgan voqelikni toʻgʻri tasvirlashga harakat qilmasdan tushunishi va ifodalashi osonroq boʻladi. Psixologiyada sanʼat obyektini yaratish jarayonini oʻz ichiga olgan art terapiyasi turlari psixolog va shifokorlarga koʻplab qiziqarli materiallarni olish imkoniyatini beradi, bu esa keyinchalik izohlash va tashxis qoʻyishda samarali yordam berishi mumkin.
Insonlarning birgalikdagi sanʼat darslari ularga va mutaxassis psixolog hamda shifokor-terapevt oʻrtasida tezkor aloqa oʻrnatishga, kerakli ishonch darajasiga erishishga, xijolatni yengishga va mashgʻulotlar uchun qulay sharoit yaratishga imkon beradi. Art terapiyasi odamning dilini oʻrtayotgan hamda odatlangan his-tuygʻularini va fikrlarini ifodalashga imkon beradi. Baʼzida bu bemor uchun oʻz his-tuygʻularini ifoda etishning yagona usuli boʻlishi mumkin. Sanʼat darslari oʻzini tuta bilish va oʻzini tarbiyalash tuygʻusini rivojlantirishga yordam beradi.
Texnika, shuningdek, sezgilarga diqqatni jamlashga, yangi tajriba orttirishga imkon beradi. Masalan, agar modellashtirish haqida fikr yuritadigan boʻlsak, unda bemor shakllar bilan tajriba oʻtkazish, toʻqimalarni his qilish va boshqa holatlarga duch keladi. Albatta, art-terapiyasining barcha turlari insonning oʻz-oʻzini hurmat qilish darajasini oshirishga yordam berishini unutmaslik zarur. Bunday mashgʻulotlarga ishtirok etgan odamlar ish tugaganidan soʻng (masalan, rasm yoki haykalni tugatgandan soʻng) oʻz harakatlaridan mamnun boʻlishadi.
Bundan tashqari, sanʼat koʻpincha odamga, hatto uning xayoliga kelmagan yangi badiiy qobiliyatlarni kashf etishga yordam beradi. Aytgancha, buning afzalligi shundaki, insonning oʻziga nisbatan hurmati va bahosi oshadi. Masalan, maktabgacha yoshdagi va boshlangʻich maktab oʻquvchilari uchun deyarli barcha turdagi art terapiyasi katta imkoniyatlarni ochib beradi.
Art-terapiyasi kurs oxirida inson oʻz yaratuvchilik ishlarini davom ettirishi va kelajakda biron-bir faoliyat ularning kasbiy-mutaxassisligiga aylanishi mumkin. Bolalar uchun kattalar kabi art-terapiyasining barcha turlari mavjud. Ushbu uslub universal deb hisoblanadi. Keyinchalik bola bu mashqlarni mustaqil ravishda qoʻllashi mumkin, biroq koʻpincha badiiy darslar muntazam maslahatlar bilan birlashtirilib, ularda shifokor bemordan koʻproq maʼlumot olishi, maslahat berishi va boshqalar sodir boʻladi. Koʻpincha guruh mashqlari oʻtkazilib, ularda bir nechta bemor ijodkorlik bilan shugʻullanadi. Bu ularga aloqa va yordamga boʻlgan ehtiyojni qondirish imkoniyatini beradi.
Sanʼat orqali mijozning oʻzini-oʻzi namoyon qilishi va oʻzini-oʻzi bilishi, shuningdek, dunyo haqiqatini hisobga olgan holda, konsruktiv harakatlar uchun qobiliyatlarni rivojlantirish imkoni taqdim etiladi. Bu art-terapiyasining eng muhim qoidasi – ijodiy vizual faoliyatning barcha mahsulotlarini ularning mazmuni, shakli va sifatidan qatʼi nazar, tasdiqlash va qabul qilishni anglatadi.
Art terapiyasining afzalliklari. Art terapiyasi quyidagi afzalliklarga ega:
– Insonga taʼsir etuvchi tajovuzkor hissiyotlarni ijtimoiy maqbul shaklda ifoda etish. Rasm chizish, haykaltaroshlik, yasash, ishlov berish ruhiy zoʻriqish holatini susaytirish, tinchlantirishning xavfsiz usuli boʻlib hisoblanadi.
– Yengilmas boʻlib tuyulgan fikrlar va his-tuygʻular bilan ishlashda yordam beradi.
– Ichki oʻzini-oʻzi boshqarish va tartibni rivojlantirish.
– His-tuygʻularga eʼtiborni rivojlantirish va kuchaytirish.
– Terapiya davomida diagnostika va izohlash.
– Psixoterapiya jarayonini tezlashtirish. Ogʻzaki psixoterapiya paytida suhbatdan koʻra, ongsiz mojarolar va ichki tajribalar vizual tasvirlar yordamida osonroq ifodalanadi.
– Mijoz va maslahatchi oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilash, art terapiyasi guruhi aʼzolari orasida empatiya va ijobiy his-tuygʻularni rivojlanishini tezlashtirish.
– Shaxsiy qadriyat, ahamiyatlilik, oʻziga xoslik, oʻziga xoslik tuygʻularini kuchaytirish.
– Badiiy mahoratni oshirishga koʻmaklashadi.
– Barcha yoshdagi zaruriy koʻnikma va ijodiy amaliyotga ega boʻlmagan barcha insonlarga toʻgʻri keladi.
– Soʻz orqali muloqotdan farqli ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri ongga yoʻl ochadi.
– Salbiy his-hayajonlarni jamiyatga mos va atrofdagilarga bezarar tarzda hal etishga imkon beradi.
– Oʻzaro muloqotni tiklash bir-biriga salbiy munosabatlarda boʻlgan insonlarni yaqinlashtirib, ijobiy munosabatlarni taʼminlashda bebaho usuldir.
– Keyingi tahlil uchun hajman katta va boy manbani yuzaga keltiradi.
– Oʻz-oʻzini erkin namoyon etish usuli boʻlib, iliq va doʻstona muhitda insonlarda ijobiy his-hayajon va erkin optimistik hayotiy pozitsiyani egallashga yordam beradi.
Shoxista Samarova, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi mudiri