Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida ona tili va adabiyoti fanidan ijod maktablari oʻquvchilariga maksimal ball berish taklif etilmoqda

0
633
marta koʻrilgan.
????????????????????????????????????

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi umumxalq muhokamasiga qoʻyildi.

Hozirgi kunda hududlarda 6 ta ijod maktabi faoliyat yuritmoqda. Jumladan, Namangan viloyatida Isʼhoqxon Ibrat, Jizzax viloyatida Hamid Olimjon va Zulfiya, Qoraqalpogʻiston Respublikasida Ibroyim Yusupov, Qashqadaryo viloyatida Abdulla Oripov, Fargʻona viloyatida Erkin Vohidov, Andijon viloyatida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti hamda chet tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar faoliyat koʻrsatmoqda.

2019-2020 oʻquv yilidan Xiva shahrida Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy, Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Ijod maktablarining 5-11-sinfida 1092 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda.

Qaror loyihasida atoqli adiblar nomi bilan atalgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rasman “Ijod maktabi” maqomi berilmoqda. Shuningdek, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Ijod maktablariga oʻquvchilar 7-sinfdan ijodiy tanlov va test sinovlari asosida qabul qilinishi, sinflardagi oʻquvchilar soni 25-30 nafardan oshmasligi belgilanmoqda.

Ijod maktablarining 10-11-sinflarida aʼlo baholarga taʼlim olayotgan oʻquvchilar orasidan Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan saralash imtihonlari natijasiga koʻra eng koʻp ball toʻplagan oʻttiz foiz oʻquvchiga davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanidan maksimal ball berish taklif etilmoqda.

Taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlarning Ijod maktablarida oʻquv-metodik hamkorlikni taʼminlash, taʼlim jarayonini yuritish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni yollash uchun Davlat byudjetidan mablagʻ ajratilishi taklif etilmoqda.

Loyiha bilan batafsil regulation.gov.uz saytida tanishishingiz mumkin.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.