Fan olimpiadasi gʻoliblari qaysi yoʻnalishlarga imtihonsiz, davlat granti asosida kira olishi mumkinligi haqidagi roʻyxat tasdiqlandi

0
90
marta koʻrilgan.

 Fan olimpiadasi gʻoliblari joriy yilda oliy oʻquv yurtlarining qaysi yoʻnalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida kira olishi mumkinligi haqidagi roʻyxat eʼlon qilindi. Roʻyxatni telegramdagi www.edu.uz kanalidan olish mumkin.

 Eslatib oʻtamiz, umumtaʼlim fanlari boʻyicha respublika olimpiadalarida 1–3-oʻrinlarni olgan oʻrta maxsus oʻquv muassasalari bitiruvchilari va umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari test va qoʻshimcha imtihonlarsiz oliy oʻquv yurtlariga qabul qilinadi.

Bunda oliy oʻquv yurti mutaxassisliklari va olimpiadalar fanlari oʻrtasidagi muvofiqlik inobatga olinadi.

Olimpiadaning respublika bosqichi 18 ta umumtaʼlim fanlaridan oʻtkazildi.

Mazkur bosqichda 1059 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.

Olimpiadaning respublika bosqichi yakuniga koʻra, jami 18 ta fandan 53 nafar oʻquvchi gʻolib deb topildi va shundan 20 nafari 1-oʻringa, 18 nafari 2-oʻringa va 15 nafari 3-oʻringa sazovor boʻldi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.