Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolar sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat orqali qabul qilinadilar

0
302
marta koʻrilgan.

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolar sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadilar. Bu haqda Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligining telegrammdagi rasmiy kanalida xabar beriladi.

Tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalarining roʻyxati ham tasdiqlanib, unga koʻra roʻyxatda qayd etilgan vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari 2019/2020 oʻquv yili uchun 100 nafargacha xodimga tavsiyanoma berishi mumkin.

Suhbat natijalariga koʻra sirtqi va kechki taʼlim shakliga oʻqishga tavsiya etilgan, tavsiyanomaga ega boʻlgan abituriyentning oʻqishi uchun toʻlov-shartnoma mablagʻlari ishlab turgan tashkilot tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlab berilishi taʼminlanadi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.