Olimjon Toʻychiyev: Startaplarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi

0
108
marta koʻrilgan.

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev iqtidorli olim boʻlish bilan birga  davlatning masʼuliyatli lavozimida ishlayotgan eng yosh rahbar hamdir.

Maʼlumot uchun: Olimjon Toʻychiyev  ovoz bilan masofadan boshqarilib, turli topshiriqlarni bajaradigan, oʻzbek tilini tushunadigan birinchi robotni yaratgani, fan va texnika sohasini, ayniqsa, robototexnika sohasini yoshlar oʻrtasida keng koʻlamda ommalashtirishga qoʻshgan hissasi uchun 22 yoshida (2013 y.) «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

2017 yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining oʻrinbosari etib tayinlangan. 2019 yil noyabr oyidan beri Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari. 

— Vazirlik startap tashabbuslarga eʼtibor qaratyapti. Bu haqida Qonun ham tayyorlandi. Lekin startapning oʻzi nimaligini koʻplar ham bilavermaydi. Sizningcha, startap loyiha deganda nimani tushunish kerak?

— Juda ham toʻgʻri fikrni bildirdingiz. Aksariyat hollarda startap boʻyicha toʻgʻri tushuncha shakllanmaganligi sababli unga yetarli eʼtibor va koʻmak berilmayapti. Avvalo startap oʻzi nima ekanligiga oydinlik kiritib olsak.

Startap — yangi, innovatsion yoki mavjud gʻoyalar asosida oʻz biznesini qurayotgan rivojlanish bosqichidagi, mavjud gʻoyalarni takomillashtirish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi jamoa.

Albatta, yakka tartibda ham loyiha qilsa boʻladi. Lekin baribir uni hayotga tatbiq etish jamoaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunga xalqaro va mahalliy miqyosda koʻplab misollar keltirish mumkin.

Shuningdek, startap haqida gap ketganida masalaning yana bir muhim jihati, yaʼni uning qonuniy asosi haqida gapirmasak boʻlmaydi. Yaqinda takliflar va xalqaro tajribaga asoslangan holda «Startaplarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ommaviy muhokamalardan oʻtdi, endi qonunchilik palatasiga kiritish jarayonidamiz. Oʻylaymanki, ushbu qonun qabul qilinishi bilan nafaqat yoshlar, balki boshqalar ham startaplar nima ekanligini, qanday imkoniyat eshiklarini ochishi mumkinligini tushunib olishadi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.