Oliy taʼlim muassasalari imtihon natijalari 1-3 kunda eʼlon qilinadi

0
353
marta koʻrilgan.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining telegramdagi rasmiy kanaliga koʻra, endilikda OTMlarga hujjat topshirishda 086-U-shakl boʻyicha tibbiy maʼlumotnoma talab qilinmaydi.

Cirtqi taʼlimga hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari 16 avgustdan 25 avgustgacha kamida 3 ta fandan oʻtkaziladi.

Yozma imtihonlar shifrlangan holda tekshiriladi.

Imtihonlar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq keluvchi 3 ta fandan toʻplanishi kerak boʻlgan maksimal 189,0 balldan, har bir fanning oʻrniga qarab uning uchun ajratilgan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraliqda baholanadi.

Natijalar imtihondan keyin 1-3 kunda taʼlim muassasasining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.

Shuningdek, OTMlariga davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilishning parametrlari tasdiqlanib, bakalavrlar tayyorlash boʻyicha kunduzgi taʼlim shakliga – 80 430 nafar, sirtqi taʼlim shakliga – 19 985 nafar, kechki taʼlim shakliga –1 985 nafar; magistrlar tayyorlash boʻyicha – 7 695 nafar talaba qabul qilinadi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.