Oʻzbek olimi Butunjahon arab tili ittifoqi Markaziy kengashi aʼzoligiga saylandi

0
415
marta koʻrilgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti olimi, professor Shorustam Shomusarov Butunjahon arab tili ittifoqi Markaziy kengashi aʼzoligiga Markaziy Osiyo mintaqasidan saylandi.

Oʻzbek olimi Sh.Shomusarov Butunjahon arab tili ittifoqining Markaziy kengashi aʼzoligiga Markaziy Osiyo mintaqasidan saylanishi va dunyoning eng kuchli 24 arabshunosi roʻyxatidan joy olishi Toshkent sharqshunoslik maktabiga boʻlgan katta eʼtirofdir.  

Livan poytaxti Bayrut shahrida joylashgan Butunjahon arab tili ittifoqi 1988 yilda dunyodagi barcha mamlakatlar arab tili mutaxassislarini arab tilini barqaror rivojlantirish maqsadida Arab davlatlari ligasi tomonidan tashkil etilgan.  

2020 yil 1 dekabrda Livanning Bayrut shahrida Ittifoqning 3-davra saylovlari boʻlib oʻtdi. Dunyoning turli mintaqalaridan yangi aʼzolar, shu jumladan, Markaziy kengashning yangi 24 aʼzosi qatorida oʻzbekistonlik olim Shorustam Shomusarov ham saylandi.

Shorustam Shomusarov  Oʻzbekistonda arab va turk xalqlari ogʻzaki ijodini korporavistik oʻrganish boʻyicha yangi maktab yaratayotgan olim, filologiya fanlari doktori, professor. Olim Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining arab filologiyasi kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning monografiyalari va maqolalari Marokash, Misr, Saudiya Arabistoni, Qatar, Suriya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston va boshqa davlatlarda nashr etilgan. 

Olimni qutlugʻ eʼtirof bilan muborakbod qilamiz, izdoshlari koʻpayaversin!

 gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.