Oʻzbekiston allomalar yurti

0
4777
marta koʻrilgan.

Mustaqillikning birinchi kunidanoq mamlakatimizda azaliy va avvaliy milliy qadriyatlarimizga, qadimiy madaniy obidalarimizni taʼmirlashga, buyuk allomalarimizning nomlarini qayta tiklashgaa alohida eʼtibor berila boshlandi.

Hozir Oʻzbekistonda 74 ta qadimiy ziyoratgoh mavjud. Ular mamlakatimizda yashab oʻtgan allomalarning nomlari bilan bogʻliq.  Oʻzbekistonda asrlar mobaynida yaratilgan, rivojlantirilgan gʻoyat katta ilm, moʻjizakor ijodiy mehnat bor. Jahon ilm durdonasiga behisob hissa qoʻshgan buyuk oʻgʻlonlari, oʻz zamonasining ilm olamining sultonlari yashab oʻtgan! Bugungi kunda jahon boʻyicha ishlatilayotgan 1 dan 9gacha boʻlgan matematik  raqamlaruga nolni qoʻshib, XX asr fani – kibernetikasiga asos solgan olim deyarli 1200 yil avval yashab oʻtgan bizning ajdodimiz – al-Xorazmiy! Algebra fani, mashhur allomaning ismi bilan bogʻliqligi, yaʼni al-Jabr bora-bora algebraga aylanganini, Algaritm soʻzi Al-Xorazmiy soʻzining assimiliatsiyaga uchragan shakli ekanligini va bizning avlod uni oʻqib matematikani oʻrganayotganligini bugungi kunda jahon ahli tan olyapti.

Yerning dumaloq shaklda ekanligini isbotlab, dunyo xaritasini tuzgan va uni globus shaklida birinchi aks ettirgan ensiklopedik olim ham Al Xorazmiyga zamondosh. yurtdoshimiz Abu Rayhon Beruniy ekanligini oʻquvchilar ongi-shuuriga qayta-qayta quyish anʼanaga aylanganligi kishida iftixor tuygʻusini yuksaltiradi.

Mukammal tibbiyot qonunlarini yaratgan Beruniy va Xorazmiylarning zamondoshi Abu Ali ibn Sino kitoblaridan jahon tibbiyotida hamon dasturulamal sifatida foydalanilmoqda. Agar eʼtibor bersak, “Tib qonunlari”da murakkab jarrohlikdan tortib, oddiy ovqatlanish madaniyatigacha oʻrgatilgan. Inson salomatligini avaylash avvalo oʻzidan, oddiy ovqatlanish madaniyatidan boshlanadi, degan oʻgitlari bugungi kunda har bir farzandga singdirilmoqda?!

Daryolar suvini oʻlchaydigan uskuna yaratgan va dastlab Nilning suv hajmiyu sigʻimini oʻlchab bergan bizning vatandoshimiz va yuqorida tilga olingan allomalarga zamondosh al-Fargʻoniy!

“Ziji Kurogoniy” asarida yulduzlar jadvalini tuzib falakiyot ilmini dunyoga tanitgan ham bizning ajdodimiz 14 asarda yashab oʻtgan  Mirzo Ulugʻbek!

 Mirzo Ulugʻbekga deyarli zamondosh hazrat Alisher Navoiyning “Majolis-ul-nafois” va Nasoimul-muhabbat” asarlarida ajdodlarimizning taʼrifu-tavsiflari goʻzal ifoda etilgan 500 dan ortiq shoiru fuzaloni eʼtirof etganlar. Ajdodlarimizdan urf boʻlgan bu anʼanani kelgusi avlodlarimizga yetkazish bizning burchimiz. Beruniy, Xorazmiy, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Jaloliddin Manguberdi kabi ulugʻlarimiz navqiron avlodning gʻurur togʻlaridir. Mamlakatimiz istiqloli tufayli Islom madaniyati va taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan Zamaxshariy, Imom Buxoriy, Moturidiy kabi allomalarning kitoblari oʻrganila boshlandi

Darhaqiqat, Turonzamin sadosi – maʼnaviyati, madaniyati, maʼrifati dunyo kabi qadimiy va ulugʻvor! Ajdodlarimish mehnatining mahsuli boʻlmish hoyat qimmatli va eng qadimiy qoʻlyozma “Avesto”dagi goʻzal bitiklar ham anna shundan dalolat beradi. Eramizdan oldingi davrda yaratilgan yozma manba “Avesto”da olamni munavvar qiluvchi quyosh Sharqdan chiqishi tilga olinadi. Zero, quyosh bilan olam munavvarlashadi, jamiki tabiatu mavjudot harakatga keladi.

Zero, tabiat oʻz quyoshi bilan, inson oʻz ijodiy faoliyati bilan ajralib turadi. Biz dunyoga mashhur allomalarni bejiz tilga olmaymiz. Undan maqsadu muddaomiz yagona – millatning yuzi boʻladigan, buyuk Vatanimizga munosib komil inson tarbiyalash, yaʼni rango-rang gullariga hamohang “jajji chechaklarni” parvarishlashdir.

Raʼno Zaripova, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.