Xalqaro ekspertlar soʻmning erkin ayirboshlanishini yuqori baholadi

0
138
marta koʻrilgan.

Toshkent shahrida «Oʻzbekiston Respublikasining Harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investitsiyaviy faollik va innovatsion rivojlanish istiqbollari» mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini davom ettirmoqda, deya xabar beradi gov.uz saytida.

Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston Fanlar akademiyalari akademiklari, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Indoneziya kabi davlatlardan oliy oʻquv yurtlari rektorlari, taniqli olimlar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar vakillari, amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Konferensiyaning dastlabki shoʻba majlislarida ekspertlar tomonidan Oʻzbekistonda valyuta bozorini liberallashtirish boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgani va 2017 yil 5 sentyabrdan milliy valyuta – soʻmning erkin ayirboshlanishi taʼminlangani yuqori baholandi. 
 
Shuningdek, hukumat, barcha vazirlik va idoralar hamda Markaziy bank tomonidan xalqaro andozalarga mos ravishda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, davlat byudjeti ijrosi, pul muomalasi va oltin-valyuta zaxiralari holati toʻgʻrisidagi statistik va tahliliy maʼlumotlar doimiy ravishda ochiq chop etib borilishi yoʻlga qoʻyilgani iqtisodiy barqarorlikning toʻla taʼminlanishiga zamin yaratayotgani haqida soʻz yuritildi.
 
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda xalqaro ekspertlar, xorijlik va mahalliy olimlar tomonidan qilingan maʼruzalarda shiddat bilan taraqiy etayotgan Oʻzbekiston iqtisodiyotida agrar sektorni modernizatsiya qilish va rivojlantirish, qulay investitsiyaviy muhit, tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish hamda eksportni qoʻllab-quvatlash yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, ular boʻyicha ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.