Yana bir necha kunlardan soʻng oyda kutubxona  

0
186
marta koʻrilgan.

Bir necha kunlardan soʻng Oyga Isroilning “Beresheet” fazo kemasi qoʻnadi.

Qariyb bir oy avval samoga parvoz qilgan bu kemada 30 million sahifaga ega kitoblar jamlanmasi mavjud. DVD hajmidagi metal diskka koʻchirilgan bu kitoblar elektron nusxasi, fazogir olimlarning taxminiga koʻra, oyga 11 aprelda yetib boradi. Minglab kitoblarni oʻziga sigʻdirgan bu mitti kutubxona turli meteoriotlar urilishi va eroziya hodisalariga chidamli qoplama bilan oʻralgan boʻlib, 10-50 million yilgacha saqlanishi mumkin.

Olimlar kelajakdagi kishilarda DVD ni disk “oʻqiy oladigan” uskuna boʻlmasligi yoki kelajakda hozir amaldagi tillarda soʻzlashmasligi mumkinligi hisobga olinib, disk gʻilofiga kitoblar va hujjatlar ekanligini anglatuvchi suratlar tushirilgan. Shu bilan birga mazkur diskni qanday qilib “oʻqish” mumkinligi ham aks ettirilgan.  Bu mitti kutubxonadagi kitoblar insoniyat taraqqiyoti tarixidan guvohlik berib, unga Wikipedia  saytining inglizcha varianti, minglab ilmiy va badiiy adabiyotlar, yer yuzidagi jami 5 mingta tilni oʻrgatishga qaratilgan minglab kitoblar sigʻdirilgan.

“Insoniyat taraqqiyoti tarixida qanchadan-qancha nodir kitoblar, bebaho asarlar yoʻq boʻlib ketgan. Bu loyiha esa insoniyat taraqqiyoti tarixi unutilib ketmasligiga, kelajak avlodlarga shu kungacha saqlanib qolingan maʼlumotlarni yetkazishga yordam beradi”, — deydi mazkur loyihaning tashabbuskori, “Arch Mission Foundation” notijorat tashkiloti asoschisi Nova Slavin.

Oydin Saʼdullayeva tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.