Rossiya Federatsiyasining Vladikavkaz shahrida erkin kurash boʻyicha “Pro League-2021” musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi vakili Ilyas Bekbulatov -70 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqani chorak 23 yoshgacha boʻlgan kurashchilar oʻrtasida Yevropa chempioni Imam Ganishevga qarshi boshlagan hamyurtimiz 10:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi. Yarim finalda esa yoshlar oʻrtasida jahon chempioni Anzor Zakuyev bilan toʻqnash keldi. Vakilimizning ustunligida kechgan bahs Bekbulatovning 9:3 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Kutilganidek, finalda ushbu vazn toifasida amaldagi jahon chempioni David Bayev roʻbaroʻ keldi. Keskin va murosasiz kechgan bellashuvda hamyurtimiz 6:4 hisobida gʻalaba qozondi.
Ushbu musobaqa Artur Taymazov rahbarligidagi “Taymazov team” kompaniyasining titul homiyligida oʻtdi va unda har bir vaznning eng kuchli 8 nafar kurashchilari gilamga chiqdi.
gujum.uz