Innovatsiya vazirligi jamoatchilik kengashini tashkil qilmoqda

0
185
views

Innovatsion rivojlanish vazirligi Jamoatchilik kengashida faoliyat yuritish uchun nomzodlarni taklif qiladi. Jamoatchilik kengashi aʼzolari Vazirlik bilan jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlashga yordam beruvchi “koʻprik” vazifasini bajaradi, deya xabar beriladi  Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali gov.uz saytida. 

Jamoatchilik kengashi aʼzolari oʻz tajribalaridan foydalanib turli jabhalarda maslahat berish,  vazirlik faoliyati doirasida qaror qabul qilish va masalalarni hal etish  jarayonlarida jamoatchilik nomidan ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar. Kengash raisi va aʼzolari koʻngilli ravishda (toʻlovsiz) faoliyat olib borishadi. Jamoatchilik kengashiga aʼzo boʻlishni xoxlagan yurtdoshlarimizdan Jamoatchilik@mininnovation.uz elektron manziliga oʻzingiz haqingizda maʼlumot yuborishingiz soʻraladi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here