Inson qadri ulugʻ: Yakkasaroy tumanida aholi muammolari oʻrganildi

0
93
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari,  Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi N. Umarova Yakkasaroy tumanidagi «Bogʻsaroy» mahallasida aholi muammolarini oʻrganish, murojaatlar bilan ishlash va ularni yechish choralarini koʻrish maqsadida fuqarolarni qabul qildi.

Turli xil muammolar bilan kelgan aholining murojaatlari tinglanib,  ayrimlari joyida bartaraf etildi.

Muddat talab etiladigan murojaatlarga esa huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi. 

Shuningdek,  boshqa yoʻnalishlarda tushgan murojaatlar oʻz sohalari boʻyicha tashkilot va idoralarga rasmiy yoʻnaltirildi.

Otabek NASIMOV, Yakkasaroy tuman hokimining matbuot kotibi

Tahririyatdan: Ana shunday qabullar respublika boʻyicha barcha yoʻnalish rahbarlari uchun anʼanaga aylansa juda yaxshi boʻlardi. Zero, yurtboshimiz talabi ham shu- kabinetda oʻtirmaslik xalq bilan muloqatga chiqish, joylardagi muammolarni oʻrganib, hal etishdir. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.