Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tashkil etish toʻgʻrisida

0
135
views
 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Ushbu qaror maʼrifatparvar olim, sharq va gʻarb tillarining bilimdoni Isʼhoqxon Ibratning yorqin xotirasi hamda nomini abadiylashtirish, Namangan viloyatida xorijiy tillarni mukammal egallagan, chuqur bilimga ega boʻlgan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida, shuningdek, 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq qabul qilindi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi hamda Namangan viloyati hokimligining Namangan shahrida Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini  tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi.

Institut yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

Shuningdek, qarorda Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari  belgilab berildi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here