Islohotlar dasturining ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqildi

0
102
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 iyun kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining ustuvor yoʻnalishlari, shu jumladan sogʻliqni saqlash, taʼlim, suv taʼminoti sohalaridagi yangilanishlar koʻrib chiqildi.

Oʻzbekistonda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yurtimizda Xalqaro tijorat sudi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning borishi hamda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish yuzasidan muzokaralar jarayoni muhokama qilindi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here