Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻyildi

0
397
marta koʻrilgan.

30 yanvar — Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. Har yili bu sanani nishonlash, marhumni xotirlash ezgu anʼanaga aylangan, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.    

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻyib, Birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat koʻrsatdi.

Qurʼon oyatlari tilovat qilindi. Islom Karimovning ezgu ishlari, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi.

Marosimda Prezident Administratsiyasi, parlament palatalari va hukumat aʼzolari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, poytaxt jamoatchiligi ishtirok etdi.

Birinchi Prezidentimizning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qoʻyildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.