Isroil Madrimov boks olamining faxri, mustaqqil Oʻzbekiston farzandi! U boks boʻyicha qitʼa chempionati va Osiyo oʻyinlari gʻolibi boʻlib, koʻplab tengdoshlariga samarali faoliyati bilan namuna koʻrsatmoqda.
Isroil Madrimov mamlakatimiz hayotidagi muhim jarayonga oʻz munosabatini bildirdi.
– Keyingi yillarda sportga katta ahamiyat berilayapti. Bu maydondagi yutuqlarim ana shu eʼtiborning samarasi deb bilaman. Shuning uchun referendumga befarq emasman,– dedi u.
Sportchimiz barcha vatandoshlarimizni 30 aprel kuni oʻtadigan referendumda faol boʻlishga va yurtimiz ravnaqi, xalqimiz tinchligi uchun ovoz berishga chorlaydi.
gujum. uz