Ivan Yefremov jahon chempionati gʻolibi

0
119
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabariga koʻra, AQSHning Anaxaym shahrida davom etayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida 5 dekabr kuni 105 kg. vazn toifasida bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Ushbu vaznda chiqish qilgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ivan Yefremov dast koʻtarish mashqida 182 kg. natija bilan kumush medalini qoʻlga kiritdi. 
 
Shuningdek, Yefremov siltab koʻtarish mashqida 217 kg. tosh koʻtardi. Ikki kurashda hamyurtimiz qayd etgan natija umumiy 399 kg. boʻldi. Ushbu natijasi evaziga Ivan Yefremov oʻz vazn toifasida uchinchi oʻrinni egallab, bronza medali sohibiga aylandi. 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.