Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatiga oid qaror

0
172
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat  Mirziyoyev 2018 yil 21 iyun kuni «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorga imzo qoʻydi.

 Ushbu hujjat  xalqaro munosabatlar sohasida diplomatik, boshqaruv kadrlarini va mutaxassislarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash, ular malakasini oshirish tizimining samaradorligini tubdan oshirish, mamlakatning tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy faoliyatini ilmiy-metodologik va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5400-son Farmoni ijrosini bajarish  maqsadida qabul qilindi hamda universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilab berildi. 

Qarora koʻra Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiradi. Shuningdek, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasi oshirishni, yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilishini taʼminlaydigan asosiy oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi:
 
xalqaro iqtisodiyot va menejment;
xalqaro munosabatlar va siyosiy fanlar;
xalqaro ommaviy va xususiy huquq;
gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati.
 
Hujjatning toʻliq matni bilan  Oʻzbekiston Respublikasi hukumati   portalida tanishish mumkin.
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.