Jahon kubogida munosib ishtirok etgan sambochilarimiz MOQ tomonidan taqdirlanishdi

0
231
marta koʻrilgan.

Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida Jahon kubogida zafarli qatnashgan sambochilarimiz gʻalabasi sharafiga taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

–  Sambo kurashi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan tan olindi. Bu esa kelajakda samboning Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilishi mumkin degani. Umid qilamizki, sizlar mana shunday muvaffaqiyatli ishtirok etib, ulugʻvor  gʻalabalaringiz bilan bizlarni yanada xushnud qilishda davom etasiz”, – dedi Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti  Umid Ahmadjonov. 

 Moskvadagi “Lujniki” Olimpiya sport kompleksida sportning sambo turi boʻyicha 22-23 mart kunlari jahon kubogi boʻlib oʻtgan edi. Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 13 nafar sportchi himoya qildi. Umumiy hisobda vakillarimiz 2 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 13 ta medal jamgʻarib, jangovor sambo yoʻnalishida umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishgan

Musobaqada oltin medalni Zafar Allaberganov va Sirojiddin Anorqulov  qoʻlga kiritgan boʻlsa, Bekzod Nurmatov, Zarnigor Oʻrmonova, Sherzod Rasulov, Istam Qudratov, Hakimjon Ismailov va Neʼmat Yoqubov  kumush medal sohibi  boʻlishdi.  Ulugʻbek Rahmonov, Zuhraxon Maʼmurjonova, Timur Xudoyqulov, Ikrom Abdikerimov  va Abbos Jalolov shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilgandi.

Musobaqada gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, hamda ularning murabbiylari MOQ tomonidan Samsung Galaxy Tab plansheti va diplom bilan taqdirlanishdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.