Jaloliddin Manguberdi haykali haqida soʻz

0
631
marta koʻrilgan.

Bugun Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi haykalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarov ushbu  haykalning yaratilishi haqida oʻz kanalida qiziqarli fikrlar  bildiribdi.

Mazkur monument Rossiyaning Podmoskovye hududidagi haykaltaroshlar tomonidan yaratilgan. Bronzadan yasalgan ushbu yodgorlik juda bahaybat boʻlib, uning balandligi 25 metr, uzunligi 30 metrni tashkil etadi. U bronzadan ishlangan eng katta ot sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan joy olishi kutilmoqda.

Loyihaning ahamiyatli jihati shaharda transport vositalari tirbandligining oldini olish maqsadida Jaloliddin Manguberdi haykali oʻrnatilagan maydon ostidan yopiq qismi 260 metr, ochiq qismi 240 metr boʻlgan yer osti yoʻli barpo etildi. Endilikda kengligi 17 metr, balandligi 5 metr boʻlgan ushbu tunnel soatiga 3,5 ming avtomobilni oʻtkazish quvvatiga ega boʻladi.

Taʼkidlash joiz, er osti avtomobil yoʻli qurilishi respublikamiz viloyatlari orasida ilk bor Xorazmda amalga oshirilmoqda. Jaloliddin Manguberdi va al-Xorazmiy haykali oʻrnatiladigan mazkur hudud 10 gektarni tashkil qiladi. Bir soʻz bilan aytganda, ushbu majmua xorijlik sayyohlar, keksayu yosh – barcha tashrif buyuradigan, umumxalq bayramlari, xalq sayllari oʻtkaziladigan sevimli maskanga aylanadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.