Jamiyatimiz hayotida demokratik prinsiplarni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari muhim va taʼsirchan omil

0
140
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti  Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida ommaviy axborot vositalarining faoliyatini yuksaltirish, axborot va tahliliy Internet saytlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdi:

Jamiyatimiz hayotida demokratik prinsiplarni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari muhim va taʼsirchan omil hisoblanadi. Bu borada chinakam professional zamonaviy jurnalistikani shakllantirish, xususan, nodavlat ommaviy axborot vositalarini, axborot va tahliliy Internet saytlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor qaratish, buning uchun alohida davlat fondini tuzish maqsadga muvofiq. 

Bugungi kunda yurtimizda 1 ming 500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat koʻrsatmoqda. Ular mulk shakli, yoʻnalishi, axborot uzatish vositalariga koʻra turlichadir. Oʻz-oʻzidan ravshanki, ularning barchasiga yuqori malakali kadrlar kerak. 

Afsuski, bunday keng koʻlamli vazifani talab darajasida hal etadigan tayanch oliy oʻquv yurti mamlakatimizda mavjud emas. Shu munosabat bilan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetini tashkil etish zarur, deb hisoblayman. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.